Автор: Пользователь скрыл имя, 09 Марта 2013 в 11:56, реферат
Aholi migratsiyasi - aholining yashash joyini o`zgartirishi bilan bog`liq ko`chishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo`lib, unta kishilarning oddiy mexanik ko`chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko`p tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xo`jalik jihatdan o`zlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo bo`lishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bog`liq. I.CH.NI joylashtirishdagi o`zgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
KIRISH
Migrassiya to’g’risida tushuncha.
Migrassiya turlari.
Migrassiya ko’rsatkichlari
Migratsiya: yashash uchun kurash
O‘zbekiston aholisining tabiiy va migratsion harakatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2007 yil boshida respublika aholisining 34.2 foizini kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlar (0-15 yosh) tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiya, Ukraina, Belorusiya davlatlarnikidan deyarli ikki marta, YAponiya va Gerniya davlaridan esa ikki yarim marta ko‘p.Umuman respublika aholisining o‘rtacha yoshi 24 ga teng bo‘lib, O‘zbekiston aholisi yosh davlatlar tarkibiga kiradi. Bu esa O‘zbekistonda o‘smir va yoshlarga alohida etibor berishni talab etadi.
Migratsiya aholi soniga, uning milliy tarkibiga va turli ijtimoiy guruhga xos aholi shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, O‘zbekiston qadimda Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi, CHor Rossiyasining va sho‘rolar tuzumining Turkistonda olib borgan xalqlarni aralashtirib yuborishdek mustamlakachilik siyosati va qolaversa, respublikamizning boy tabiiy resurslarini o‘zga xalqlar tomonidan bosib olishga urinishlar kabi tarixiy voqealar bu erga ko‘plab evropalik (asosan rus) xalqlarning ko‘chib kelishiga qulay sharoit yaratdi. Bularning barchasi O‘zbekistonda aholi soniga ta’sir etib, ular sonining miqdoriy o‘zgarishi va etik tarkibi turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Rossiya Turkistonni bosib olgunga qadar aholining etnik tarkibi bir xil bo‘lgan. Mavjud statistik manbalarga ko‘ra, 1872 yilda aholining milliy tarkibida mahalliy millatlar ulushi 99,8 %ni tashkil etgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘sha davrda aholining etnik tarkibi bir xil bo‘lgan. Lekin Rossiya Turkistonni bosib olgandan keyin ruslarning ko‘chib kelish oqimi kuchaydi. 1897 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, chetdan kelganlar ulushi 8,9%ni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 1872 yilda 0,2%ga teng edi.
Tashqaridan O‘zbekistonga ko‘chib keluvchi migrantlarning miqdori 1917 yildan keyin yana ham ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab evropaliklar evakuatsiya qilindi. Bundan tashqari 1966 yilda Toshkent zilzilasi talofatlarini bartaraf etish maqsadida Rossiya, Ukraina, Belorussiya davlatlaridan keluvchi yosh migrantlar oqimi yanada kuchaydi. Ularning bir qismi o‘z yurtlariga ma’lum vaqdan keyin qaytib ketgan bo‘lsa, ma’lum qismi shu erda qolib yashadilar. Bularning hammasi respublikada aholining etnik tarkibida keskin o‘zgarish yasadi. SHu bilan birga mahalliy millatlarning turmush tarziga, ularning kiyinish va urf-odatiga, qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatdi.
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishiga avvalambor iqtisodiy-ijtimoiy omillar, jumladan ishsizlik, ya’ni ish qidirish, madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik, o‘qish va boshqalar sabab bo‘ladi. 2006 yilda respublikada jami 391.2 mingdan ortiq kishi o‘z yashash joyini o‘zgartirdi. Bu ko‘rsatkich 1990 yilda 864 ming kishini tashkil etgan. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi sababli O‘zbekistonda yashovchi nomahalliy millatlarning ko‘pchiligi tarixiy vatanlariga qaytdilar. 1991-2006 yillar mobaynida O‘zbekiston aholisi soni tashqi migratsiya hisobiga 1,5 million kishiga kamaydi.Albatta, bu hol aholi soning o‘sish sur’atlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-nchi yillarning o‘rtalaridan boshlab mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida migratsiya hajmi ancha kamaydi.
Migratsiyada ishtirok etuvchilarning asosiy qismi shahar aholisiga to‘g‘ri keladi. Agar 1000 ta shahar aholisining 23,7 tasi o‘z yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq aholisi orasida 9,2 tani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, qishloq aholisining migratsion intensivligi shahar aholisiga nisbatan deyarli 3 marta kam. Qishloq aholisining sust darajada migratsiya jarayonida ishtirok etishida qarindosh-urug‘chilik aloqalarining mustahkamligi va tug‘ilib o‘sgan erida yashashni afzal ko‘rishi bilan izohlanadi. Biroq, keyingi yillarda ko‘chib yuruvchilar orasida shaharliklar salmog‘i qisqarib qishloq aholisining ulushi ortib bormoqda.
Iqtisodiyotdagi isloxatlarning chuqurlashuvi hamda bozor munosabatlarining shakllanishi qishloqdan shaharga bo‘lgan migratsiyaning o‘sishiga ob’ektiv sharoit yaratdi. Lekin, buning uchun shahar joylar ham katta migratsion oqimini qabul qilishga «tayyor» bo‘lishlari talab etiladi. Hozirgi kunda qishloqlardan asosan hech qanday malakaga ega bo‘lmagan ishchilar kelmoqda. SHahardagi mavjud ish o‘rinlari esa kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlarni talab etadi.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchining to‘planib qolishidir. O‘zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o‘rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Kichik va o‘rta shaharlarda mahalliy hom-ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammolsini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o‘rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u erga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlashni yaxshilashda, ularni nafaqat ish joyi ko‘p bo‘lgan xududlarga ko‘chirib o‘tishga yordamlashish, balki ishlab chiqarishni, jumladan sanoat tarmog‘ining mehnatni ko‘p talab qilib, hom-ashyo, suv va elektr energiyasini kam iste’mol etuavchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni, maishiy hizmat ko‘rsatish sohalarini aholi zich joylashgan xududlarda keng ko‘lamda rivojlantirishni amalga oshirish lozim.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to`xtovsiz o`sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to`la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo`ladi.
Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar o`rnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko`chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi.
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq xar bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi. Antik davrning oxiri va o’rta asrlarining boshlarida ro’y bergan hamda adabiyotlarda “xalqlarning buyuk ko’chish davri” deb nomlangan migrassion harakatlar Yevropa va Osiyodagi ko’p xalqlarning etnik tarkibiga katta tasir ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR